Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

HIDOYATBEK YURALI AGAYEV

 

Hidoyatbek Yurali Agayev [Hidoyatbek Yurg‘uli Ag‘ayev] – davlat va jamoat arbobi[1]Farg‘ona vodiysida XIX asr so‘nggi choragida tug‘ilgan. U o‘lkada taniqli agronom olim sifatida mashhur edi. Turkiston Muxtoriyati hukumatida yer va suv boyliklari vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Turkiston Milliy Majlisi a’zosi sifatida ham samarali ish olib borgan.

Qo‘qon shahri 1918 yil fevralda bolsheviklar tomonidan o‘qqa tutilgan paytda Bosh vazir Mustafo Cho‘qay yonida Hidoyatbek Yurali Agayev ham bo‘lgan[2]. Biroq Qo‘qonda bolsheviklarning harbiy kuchlariga qarshi bo‘lgan janglarning birida u halok bo‘ladi.

H.Agayevning rafiqasi: Jozefina Stanislavovna Yurguli-Aga (qizlik familiyasi Trushkovskaya) Peterburg patriot institutini tugatgan[3].

 

[1] Қаранг: Ражабов Қ. Туркистон Мухторияти вазирлари ҳамда миллий мажлис аъзолари ҳаёти ва тақдири. – Тошкент: “Bodomzor Invest”, 2021. – Б. 32-33.

[2] Мустафо Чўқай ўғли. Истиқлол жаллодлари. –Б. 49.

[3] Ражабов Қ. Туркистон Мухторияти вазирлари ҳамда миллий мажлис аъзолари ҳаёти ва тақдири. – Тошкент: “Bodomzor Invest”, 2021. – Б. 33.