Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

ARSLONOV ZARIFJON ZOKIRJON O'G'LI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

 

Arslonov Zarifjon Zokirjon o'g'li 1991-yil 1-dekabrda Farg'ona viloyatida tug‘ilgan. 2018-yil Farg'ona davlat universiteti bakalavriati, 2020-yil O'zbekiston xalqaro islom akademiyasini magistratura bosqichini. 2021-yil ushbu oliygohni stajyor-tadqiqotchilikni tamomlagan. Tarixchi-islomshunos.

Arslonov Zarifjon Zokirjon o'g'li 2022-yildan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Alixonto'ra Sog'uniy ilmiy merosining islom ilmlar rivojidagi o'rni” mavzusidagi ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

U 2016-2017 yillarda Farg'ona tumanidagi 14-umumta'lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi, 2019-2020-yillarda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari kafedrasi laboranti, 2019-2020-yillarda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo'limi uslubchisi, 2020-2021-yillarda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi, 2020- yildan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi nashrlar bo'limi bosh va yetakchi ilmiy xodimi sifatida o'rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda, 2022-yildan O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti hisoblanadi.

Zarifjon Arslonov 30 dan ziyod ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi.

Tel: +998999915454
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.