MAXKAMOV ANVARJON ABDUJABBOROVICH
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti
Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich 1982-yil 24-avgustda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Namangan davlat universitetini bakalavriati, 2005-yil Namangan davlat universitetini magistratura bosqichini tamomlagan. 2005-2009 yy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Informatika instituti stajyor tadqiqotchi, kichik ilmiy xodimi, 2009-2011 yy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar instituti aspiranti. 2012-2017 yy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi kichik ilmiy xodimi, 2017-2018 yy. Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi kichik ilmiy xodimi, 2018-2022 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, 2020 yilning 15 fevralidan direktor vazifasini bajaruvchi, 2022-y. 11-fevraldan – 2023-y. 4-sentyabrgacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, 2023-y. 4-sentyabrdan - h.v. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2018-yil Quloq chanog‘i tasvirlari tahlili asosida shaxsni tanib olish algoritmlari mavzusida ilmiy ishini muvofaqqiyatli himoya qilgan.
Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich 70 dan ziyod ilmiy maqola va risolalar muallifi hisoblanadi.
Tel:+998974428104
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.