Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

MIRODIL MIRZAAHMEDOV

Мaʼrifatparvar, Turkistonda milliy-ozodligi uchun kurashgan taraqqiyparvarlardan biri.

Mirodil Mirzaahmedov 1880-yilda Margʻilon shahrida tugʻilgan.

1917-yildan boshlab Fargʻona vodiysidagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashgan. “Ulugʻ Turkiston” gazetasining yozishicha, “Mirodil 1917-yili “Shoʻroi Islomiya” jamiyatining Margʻilondagi raisi boʻlgan. Toshkentda 1917-yil 15-noyabrda "Ulamo" jamiyati tomonidan oʻtkazilgan kurultoyda faol qatnashgan. Fargʻona okrugidan Taʼsis Majlisi aʼzoligiga saylangan.

M.Mirzaahmedov 1917 yil noyabrda Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylandi. Mustafo Choʻdayning yozishicha, u Turkiston Muxtoriyati hukumatining ikkinchi tarkibida vazir sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. U 1918 yil fevral oyining oxirida Qoʻqonda bolshevik tomonidan qamoqqa olingan.

M.Mirzaahmedovning 1918-yil fevraldan keyingi faoliyati toʻgʻrisida maʼlmotlar saqlanib qolmagan. Biroq oʻzbek sovet shoirlarining yozishicha, Odilkoʻr (Mirodil) Qoʻqondan chiqib Afgʻonistonga joʻnab ketgan.

Baʼzi manbalarda keltirilishicha, u 1937-yilda Oʻzbekistonda qatagʻon qilingan.

 

Foydalanilgan manbalar:

  1. Qahramon Rajabov. Turkiston Muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. – Toshkent: “BODOMZOR INVEST” oilaviy korxonasi, 2021. – 54-55-bet.
  2. Mingnarov A Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonparning milliy matbuotda yoritilishi (1917-1918-y.). - Toshkent: “Istiqlol nuri”, 2013. - B. 91