Siyosat va jamoat arbobi. Turkistondagi milliy rahbar xodimlardan biri.
Toshxoʻja Ashurxoʻjayev Xoʻjandda dehqon oilasida tugʻilgan. Uning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan.
1917 yiilda tashkil qilingan Qoʻqon ishchilarining “Ittifoq” tashkiloti faoliyatida faol kdtnashgan. 1917-yil noyabrda Qoʻqonda oʻtkazilgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida u Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylandi.
Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, 1918-yil bahoridan boshlab u sovet hokimiyati idoralarida turli lavozimlarda ish boshladi. Bu paytda u bolsheviklar partiyasining aʼzosi edi.
1918-yil 20-aprel - 1-mayda Toshkentda boʻlgan Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V oʻlka syezdida Toshxoʻja Ashurxoʻjayev Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissari (Narkom Turknas) hamda Saʼdulla Tursunxoʻjayev Sogʻliqni saklash xalq komissari lavozimiga saylandi. Ular tub xalqlar vakillaridan Turkistondagi sovet hukumati tarkibiga kiritilgan dastlabki milliy rahbar xodimlar – milliy komissarlar edilar.
1918 yil kuzida Fargʻona vodiysiga xizmat safariga yuborilgan T.Ashurxoʻjayev bilan aloqalar uzilib qoladi. U 1918-yil noyabrda halok boʻlgan, degan fikr oʻsha davr manbalarida uchraydi.
1919-yil 10 yanvarda xotini Turgʻun bibi Boychaboyevaning arizasiga koʻra, unga boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlangan.
Foydalanilgan manbalar:
- Qahramon Rajabov. Turkiston Muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. – Toshkent: “BODOMZOR INVEST” oilaviy korxonasi, 2021. – B. 61.