Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

SADRIDDINXON SHARIFXOʻJAYEV

Sadriddinxon muftiy, Sadriddinxon Sharifxoʻjayev (1878, Toshkent - 1946, Qandahor) - Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan yirik davlat va jamoat arbobi, mashhur ulamolardan. Turkiston Milliy majlisi aʼzosi.

Toshkent shahrida Sharifxoʻja Qozi xonadonida tugʻilgan. Uning otasi XX asr ikkinchi yarmida Toshkentning koʻzga koʻringan din peshvolaridan boʻlgan. Sadridsinxon dastlab Toshkentdagi rus-tuzem masgabida oʻqigan. U yoishigida mukammal diniy tarbiya sshgan. Buxorodagi mashhur Mir Arab madrasasini tugatgan. Muftiy unvoni bilan Toshkent eski shaharidagi qozixonada ishlagan hamda Koʻkaldosh madrasasida mudarrislik ham qilgan.

Sadridsinxon muftiy 1917-yili Turkistondagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlarda foal qatnashgan. “Shoʻroi Islomiya” jamiyatining rahbarlaridan biri boʻlgan. Toshkentda “Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi” (1917-yil iyul) ning tashkil topishqda, ushbu firqa dasturi va nizomini tayyorlashda faol ishtirok etgan. 1917-yil avgustda “Fuqaho” jamiyatini tuzib, unga raislik qilgan[1].

Turkiston Muxtoriyati xukumati tashkil qilingach, Turkiston Milliy Majlisi aʼzsshigiga saylangan. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, Sadriddinxon Sharifxoʻjayev mintaqa tarixidagi dastlabki demokratik hukumatning parlamenti - Milliy Majlis faoliyatiga 1917-yil dekabrdan rahbarlik qilgan.

Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach hamda mintaqada sovet tuzumi qaror topgach, u yashirin ishlashga oʻtadi. Munavvar Qori bilan birgalikda Toshkentda “Ittihod va taraqqiy” (1917— 1919) va “Milliy ittihod” (1919-1925) tashkilotlarini tuzadi. 1918-yilda chekistlar tomonidan qamoqqa olingach, dastlab amnistiya tufayli qamokdan chiqarilgan. 1921-yili ikkinchi marta qamoqqa olinganda soqchining koʻzini shamgʻalat qilib, qamoqxonadan doʻstlari yordamida qochadi. Buxoroda 1921-yil avgustda Ahmad Zaki Validiy rahbarligida tashkil qilingan “Turkiston Milliy Birligi” tashkilotining Toshkent qoʻmitasi raisi (1921-yildan). Ayni paytda 1921-yil mart oyigacha Turkiston ASSRdagi turli sovet sud idoralarida ham ishlagan. Bokuda 1920-yil sentyabrda boʻlib oʻtgan Sharqxalqlari kurultoyida Turkiston delegatsiyasi aʼzolari qatorida qatnashgan[2].

“Turkiston Milliy Birligi” tashkilotining qaroriga koʻra Fargʻona vodiysidagi qoʻrboshilar orasiga yuborilgan Sadriddinxon Maxsum Asht tumanidagi Rahmonkul qoʻrboshi guruhining siyosiy rahnamosi sifatida koʻzgʻolonchilar oʻrtasida mustaqillikka ishonch ruhini koʻtargan, qoʻrboshilarni Turkistondagi mavjud siyosiy ahvol bilan tanishtirgan[3]. Xullas, u Fargʻona vodiysi qoʻrboshilari oʻrtasida juda katta gʻoyaviy va siyosiy ishlarni sshib borgan.

Sadridsinxon 1923-yil iyul oyida Turkiyadan Buxoro hududiga kelgan Salim Posho bilan birgalikda Afgʻonistonga muhojir boʻlib joʻnab ketishga majbur boʻladi. Sovet hokimiyati tomonidan Afgʻonistonga yuborilgan turli josuslar S.Sharifxoʻjayev faoliyati haqida doimiy ravishda maʼlumotlar yetkazib turishgan. Sadridsinxonning kotibi asli jizzaxlik sovet chekisti Baxrom Ibrohimov (u oʻziga Mahmud Oyqorli deb nom koʻyib algan edi) boʻlib, pirovardidau 1946-yilda Qandahor shahrida S.Sharifxoʻjayevni zaharlab oʻldiradi.

B.Ibrohimov keyinchalik Toshkentga qaytib kelib, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida ishlaydi. U va xotini Toshkentdagi Chigʻatoy qabristonida dafn qilingan.

 

 

[1]  [Rajabov K-] Sadriddinxon muftiy // Toshkent. Ensiklopediya. - Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - B. 467.

[2] Rajabov Q.K. Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1918-1924-y.). Tarix fanlari doktori... dissertatsiyasi koʻlyozmasi. - Toshkent, 2005. - B. 238.

m Fargʻona viloyati davlat arxivi, 435-fond, 1-roʻyxat, 209-ish, 2-varaqning orqasi.