Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

QO‘NG‘IRXO‘JA HOJINOV

Qoʻnurxoʻja Hojikov (1886-1938) - maʼrifatparvar va jamoat arbobi. 1886-yili Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Perovsk uyezdida ulamo oilasida tugʻilgan. Uning ajdodlari xoʻjalardan boʻlgan.

Toshkentdagi Turkisgon oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. Baʼzi fikrlarga qaraganda, u Perovsk (xrzirgi Qiziloʻrda) va Andijon shaxdrlari xdmda Turkiston shaxri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻida rus-tuzem masgablarini ochgan. Qozoq masgablari uchun birinchi darslik - “Bukvar” (ruscha) kitobini Orenburgdagi Fotih Karimiy tipografiyasida 1912-yili chop ettirgan. Rossiya imperiyasining Turkisgon oʻlkasidagi musgamlakachilik siyosatiga kdrshi kurashgan. 1908-yildan u nazorat ostida yashagan.

1917-yil 2-5-avgustda Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston qozoq-qirgʻizlari syezdida u prezidiumga saylangan xdmda Sirdaryo viloyatidan deputat boʻlgan. 1917-yil 26-noyabrda Qoʻqon shaxrida ochilgan Butunturkiston musulmonlari favkulodda IV qurultoyida u Koʻngʻirxoʻja Hojinov nomi ostida Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan. 1918-yil 5-8-yanvarda Turkiston shaxrida boʻlgan Sirdaryo viloyati qozoqlari syezdida ham faol qatnashgan. 1918-yil noyabrda Toshkentda ochilgan birinchi qirgʻiz (qozoq) pedagogika kurslarida u Perovskdan kelib dars oʻtgan. U keyinchalik Toshkentda tashkil qilingan Qirgʻiz maorif instituti (aslida Krzoq xalq taʼlimi instituti) tashkil qilinishida muhim rol oʻynagan[1].

Turkiston ASSR Yer-suv ishlari xalq komissari oʻrinbosari sifatida 1921-yildan boshlab Yettisuv viloyatida oʻtkazilgan yer-suv islohotiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik u Qozogʻiston ASSRda maorif sohasida faaliyat koʻrsatgan.

KDojikov 1938-yilda sovet rejimi tomonidan qatagʻon qilingan.

 

[1] Qarang: Xakan Ac. Konurxodja Xodjinov - yarkiy predstavitel Turkestanskogo jadidizma // Oʻzbek milliy davlatchiligi tarixida Turkiston Muxtoriyatining oʻrni va roli (Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2017-yil 12-oktyabr). - Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017. - B. 189-193.