MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY
Mahmudxoʻja Behbudiy (1875-1919) – Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschisi. Siyosat va jamoat arbobi. Muftiy, dramaturg, publitsist va noshir.
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand shahrining Yomina mahallasida tavallud topgan. Ahmad Yassaviy avlodidan. Amir Shohmurod davrida uning ajdodlari Buxoroga taklif qilingan va ular Samarqandda qsshib ketishgan. Otasi Sultonxoʻja Behbudiy mahalla masjidida imom-xatib boʻlib ishlagan, qori ham boʻlgan. Ona tomondan ajdodlari Urganchdan bu yerga kelib qolgan edi. Mahmudxoʻja Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgach, Chashmaiob volostida qozilik qilayotgan togʻasi Muhammad Sidsiq qoʻl ostida oʻzining mehnat fasshiyatini boshlaydi. Mirza va qozilik bilan shugʻullanadi, soʻngra Jomboyda muftilik qilgan.
M.Behbudiy 1893-yilda uylanib, 4 nafar oʻgʻil va 1 nafar qiz koʻrgan. Uning Kabut volostida 10 desyatina yeri boʻlgan70. Behbudiy oʻziga toʻq va badavlat kishi edi.
Behbudiy Makka va Madinada muborak Haj safarida boʻlgan chogʻida Hijoz, Misr, Usmonli turk sultonligini kezib chiqqan (1899-1900). U 1914-yili ikkinchi marta Haj safarida boʻldi. Odessa, Istanbul, Kudsus, Shom va boshqa shaharlarda turib, oʻz sayohati xotiralarini Samarqandda tashkil qilgan “Oyina” jurnali taxririyatiga joʻnatib turgan. Bu safarlar Behbudiy dunyoqarashiga kuchli taʼsir qilgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida vujudga kelgan jadidchilik xdrakatiga Mahmudxoʻja Behbudiy asos soldi. U Samarqandda dastlabki yangi usul (jadid) maktablari ochilishiga rahbarlik qildi, bu maktablar uchun turli darsliklar yozdi. Dastlabki oʻzbek dramasi - “Padarkush”ni 1911-yildayozib.uni Samarqandda ilk marta 1914yil 25yanvarda sahnaga qoʻydirdi. Behbudiy 1913-yildan Samarqandda oʻzbek va tojik tillarida “Samarqand” gazetasini chikdrdi, oʻzbekcha “Oyina” jurnaliga asos soldi.
Bexbudiy Rossiya imperiyasqsa yashovchi musulmonlar va turkiy xalqlar manfaati uchun izchil kurashdi. Nijniy Novgorodsa 1906-yili oʻtkazilgan Rossiya musulmonlari syezdida qatnashdi. Fevral inqilobidan soʻng Turkistonda boshlangan muxtoriyatchilik qarakatining peshkdsam rahbarlarqsan biriga aylandi. 1917-yili oʻtkazilgan Butunturkiston musulmonlarining barcha qurultoylarida faol qatnashdi. Ulamsshar bilan qattiq bahsga kirishib, jadid taraqqiyparvarlari manfaatini himoya qildi.
1917-yili Samarqandsa Fitrat va boshqalar bilan birgalikda “Hurriyat” gazetasiga asos soldi. “Haq olinur, berilmas” (“Xurriyat” gazetasi, 1917-yil 13-iyul) maholasida mustaqillikni faqat kurol olib koʻlga kiritish mumkinligini taʼkidladi.
Koʻqon shahrida 1917-yil noyabrd a boʻl ib oʻtgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV kurultoyida faol qatnashdi. Kurultoyda u Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi qilib saylandi, biroq hukumat tarkibiga kiritilmadi. Behbudiy “Turkiston Muxtoriyati” nomli maqssha yozib, uni “Hurriyat” gazetasida 1917-yil 19 va 22-dekabrda eʼlon qildirdi[1].
U “Qozoq qarindoshlarimizgʻa ochiq xat” (“Xurriyat” gazetasi, 1918 -yil 26-yanvar) nomli maqolasida turli ixtiloflar qilayotgan qozoq birodarlarimizni birlikka chaqiradi. Biroq Behbudiyning bunday keskin, ammo adolatli eʼtirozlari 1917-1918-yillardagi inqilobiy toʻs-toʻpolonlar jarayonida inobatga sshinmadi.
Behbudiyning oʻzi ham 1918-yil bahoridan boshlab sovet hokimiyati bilan hamkorlik qila boshladi. U 1918-1919-yillarda Samarqand shahar maorif xalq komissari vazifasida ishladi, ocharchilikka qarshi kurash komitetida faoliyat koʻrsatdi. 1919- yil 25-martda uchinchi marta Haj safariga borish bahonasi bil an Toshkent va Samarqanddan yoʻl ga chiqqan Behbudiy hamda sheriklari Muhammadqul va Mardonqul Buxoro amirligi xududida, yaʼni Shahrisabzda koʻlga olinib, keyinchalik Qarshi shahrida maxfiy ravishda oʻldirildi. Behbudiyning haqiqiy qotillari kim boʻlganligi (Buxoro amiri yoki Turkistondagi sovet hokimiyati rahbarlari) hozirgacha oydinlashtirilmagan...
Toshkentda 1997 va 1999-yillarda Behbudiyning bir jildik, 2018-yilda ikki jildlik “Tanlangan asarlar” kitobi bosilib chiqqan.
Milliy taʼlim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qoʻshgani uchun Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy va Munavvar Qori Abdurashidxonov vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi (2020-yil 30-sentyabr).
[1] Qarang: Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. I jild. Soʻzboshi muallifi va nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad. - Toshkent: “Akademnashr”, 2018. - B. 493-497.