Kamol Qozi (1885-?) - Turkistondagi taniqli ulamo. Toshkentda tuzilgan Turkiston musulmonlarining “Mahkamai sharʼia” idorasi raisi.
Kamoliddin Raqmonberdi oʻgʻli 1885-yili Toshkentda ulamo oilasida tugʻilgan. Boshqa bir arxiv hujjatlarida u qoʻqonlik ruhoniy deb bir necha marta tilga olinadi[1]. Toshkent va Qoʻqonda uning nufuzi baland boʻlgan. U yirik ulamo sifatida Qoʻqon va Toshkentdan tashqari butun Fargʻona vodiysida katta shuhrat qozongan edi.
1917-yil noyabrda Kamol Rahmonberdiyev (Kamol Qozi) Turkiston Milliy Majlisi aʼzsshigiga saylanadi. Muxtoriyat xukumati tugatilgach, u Koʻqondan Toshkentga keladi hamda toat- ibodat va masjidsa imomlik bilan shugʻullanadi. Chekistlar tomonidan qamoqqa sshingunga qadar Toshkent va Fargʻona vodiysidagi koʻplab masjidlarda xizmat qilgan.
Oʻzbekiston SSR NKVD tomonidan 1936-yil 22-fevralda Toshkentda taniqli oʻzbek ulamolari qatorida Kamol Qozi [Kamoliddin Rahmonberdiyev] vaoʻl1sa musulmonlari boshqarmasi [“Maqkamai sharʼia”]ning sobiq raisi Zaxriddin Aʼlam [Zuhriddin Aʼlam Qosim Xoʻjayev] va boshqalar qamoqqa olinib, ularga “aksilinqilobiy panislomistik musulmon ruhrniylari guruhini tuzganlik, aholini gʻazovotga chorlab, faol aksilsovet faoliyat koʻrsatganlik va antisovet - terroristik xujjatlarni tarqatganlik” kabi soxta ayblar qoʻyildi. Mazkur “Musulmon ruhoniylari” (Musduxovenstvo) ishi bilan sovet rejimi Oʻzbekistonda ulamolarga nisbatan ommaviy qatagʻon siyosatini yana qaytadan boshladi. Oʻzbekiston SSR Oliy sudi maxsus kollegiyasining 1936-yil 31-may - 3-iyunda boʻlgan sud majlisida Zahriddin Aʼlam va Tarpi 8 yil, Abdusaid Shahidov 6 yil, Shorasul Zunnunov 4 yil va Kamol Qozi 3 yil muddatga mehnat tuzatish lageriga jazoga hukm qilingan. Biroq keyinchalik qamoqdan Toshkentga fakdt Sh.Zunnunov qaytib keladi[2]. Kamol Qozining toʻliq tarjimayi holi keyingi tadqiqotlarda tiklanadi, degan umiddaman.
[1] Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xizmati arxivi, P-24082, b jildlik. Tom 6.49-varaq.
[2] Oʻzbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkita kitob. Birinchi kitob. 1917-1939-yillar. Masʼul muharrirlar: R.Abdullayev, M.Raximov, Q.Rajabov. - Toshkent: “0ʻzbekiston”, 2019. - B.468.