Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

OLIMXONTOʻRA SHOKIRXONTOʻRAYEV

Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev - jamoat arbobi. Turkistondagi mashhur ulamo, harbiy sarkarda va jamoat arbobi Alixontoʻra Sogʻuniy (1885, Toʻqmoq - 1976, Toshkent)ning akasi.

Toʻqmoq shahrida XIX asr 80-yillari boshlarida ulamo Shokirxoʻja hoji xonadonida tugʻilgan. Bsshaligi oʻzbeklar orasida oʻtgan. Oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan boy madaniyati anʼanalari asosida tarbiyalangan. Toʻqmoq va Bolasogʻunda yashagan. U Bolasogʻundan tashqari uygʻurlar va koʻchmanchi qirgʻizlar orasida ham katta xurmatga sazovor boʻlgan.

1917-yil noyabrda eʼlon qilingan Turkiston Muxtoriyati hukumati fasshiyatida qatnashgan. Turkiston Milliy Majlisi aʼzosi. Muxtoriyat xukumati agʻdarilgach, Koʻqondan chiqib ketadi va chorvadorlar orasida yashaydi.

Alixontoʻra Sogʻuniyning “Turkiston qaygʻusi” xotiralar kitobida yozilishicha, Koʻqon fojialaridan 2-3 yil keyin u akasi Olimxontoʻra takdiri bilan qiziqib, Koshgʻar safarqsan soʻng oʻz yashash joyi - Bolasogʻun va Toʻqmokdan Koʻqon va Andijonga keladi. Andijondagi Xoʻtanariq boʻyidagi ota mahallasida yashovchi pochchasi Abdullahoji uyida Alixontoʻra oʻz akasi Olimxontoʻra bilan diydor koʻrishadi[1].

Olimxontoʻraning keyingi takdiri toʻgʻrisida maʼlumotlar topa olmadik.

 

[1]   Alixontoʻra Sogʻuniy. Turkiston qaygʻusi. Birinchi kitob. Kirish soʻzi muaplifi va muharrir: Uvaysxontoʻra Shokirov. - Toshkent: “Sharq”, 2013. - B. 66-80.