Sobirjon Muhamedovich Yusupov (1881-1931) - Buxoro va Turkistondagi milliy rahbar xodimlardan biri, siyosat va davlat arbobi.
Buxoroda oʻzbek ishchisi oilasida 1881-yilda tugʻilgan. U 9 yoshqdan boshlab paxta tozalash zavodida ishlagan. Bolaligi tatarlar orasida oʻtgan. Toshkentdagi xunarmandchilik bilim yurtida 1907-1910-yillarda oʻqib, mexanik ixtisosligini egallagan.
S.Yusupov Toshkentda yashagan paytida Rossiyadagi sotsial-demokratik harakatga kelib qoʻshilgan. Rossiya imperiyasining Turkistondagi oxrankasi taʼqibidan qochib, 1911-yilda Buxoroga qaytgan. Buxoro amirligiga qarshi kurashgan.
Fevral inqilobi paytida Toshkentda fasshiyat koʻrsatgan.
1917 yil 18-26-oktyabrda Toshkentda oʻtkazilgan musulmon xdrbiylari syezdida qatnashib, Markaziy Harbiy Shoʻro aʼzosi boʻldi.
Koʻqonda oʻtgan Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida Turkiston Milliy Majlisi tarkibiga kirgan.
1918 yil boshlarida u bolsheviklar partiyasi aʼzosi boʻlgan. Toshkentda 1918-yil 20-aprel -1-mayda boʻlgan Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dexhon deputatlarining V oʻlka syezdida 36 kishidan iborat sovet hokimiyatining dastlabki qonun chiqaruvchi organi - Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komitetiga S.Joʻraboyev, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev qatorida
S.Yusupov ham mahalliy aholidan dastlabki vakillar sifatida aʼzo boʻlib kirishdi[1].
1918-yil yozida Moskvaga borib, Butunrossiya Sovetlari V syezdi ishida qatnashgan, bolsheviklar partiyasi va sovet davlatining rahbarlari V.I. Lenin va Ya.M. Sverdlov bilan uchrashgan. Turkiston ASSRning RSFSRdagi favqulodda vakili (1918-1919). Butunrossiya MIK va Turkiston ASSR MIK aʼzosi. Janubi-Sharqiy front Siyosiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari (1919). Turkiston komissiyasi da ishl agan. Samarqan d va Yettisuv viloyatlarida Alohida Favqulodda komissiya raisi va revkom raisi lavozimlarida ishlab, sovet hokimiyati gʻoyalarini amalga oshirgan[2].
Qizil armiya tarkibida 1920-yil avgust-sentyabrda Buxoro amirligini tugatish va poytaxt Buxoro shahrini bosib olishda faol qatnashgan. Fayzulla Xoʻjayevning yozishicha, u Buxoro Markaziy Revkomi aʼzosi boʻlgan[3]. BXSR tashkil qilingach, S.Yusupov 1920-1924-yillarda Butunbuxoro Favqulodda komissiyasi raisi, BXSR harbiy ishlar noziri, Shahrisabz militsiyasida alohida otryad (CHON) komandiri, BXSR militsiyasi Bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatdi. 1924-yil oxirida u Moskvaga chaqirib olindi. Soʻngra Toshkentga qaytib, 1925-1926-yillarda “Qizil Sharq” toʻqimachilik fabrikasi direktori boʻldi.
1931-yil 12-mayda Toshkent shahrida 50 yoshida vafot etgan. Tarixchi A.Akramov “Sobirjon Yusupov” (Toshkent, 1964) tarixiy risolasini yozgan.
[1] Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917-1924-y.). - B. 48.
[2] Revolyutsiyey prizvannne. Biograficheskiye ocherki. - Tashkent: “Uzbekistan”, 1987. - S. 142-146.
[3] Fayzulla Xoʻjayev. Buxoro inqilobining tarixiga materiallar. - Toshkent: “Fan”, 1997. - B. 173.