Abdulla Derbisalin - Turkiston ASSRdagi milliy kommunistlardan.
1888-yilda Yettisuv viloyatida (Qozogʻistonning hozirgi Qustanay viloyati Qorabuloq rayonida) tugʻilgan.
1917-yili Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Qozoq ovullarida dastlab muxtoriyatchilik gʻoyalarini targʻib etgan. Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida qatnashib, Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan.
Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan. Turor Risqulov raxbarligida 1919-yil mart oyida Toshkeshda Turkisgon oʻlka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilingach, RKP(b) oʻlka Musulmonlar byurosining Yettisuv (Semirechye) viloyati rahbari (1919-yil ikkinchi yarmi - 1920-yil aprel)[1].
Keyiichalik Janubiy Qozogʻiston viloyatining Lenin rayonidagi yogʻ zavodida buxgalter boʻlib ishlagan. 1941-yil 4-iyulda NKVD Lenin rayoni boʻlimi tomonidan qamoqqa olinib, unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-10 moddasidagi ayblar qoʻyilgan. 1941-yil 27-sentyabrda mehnat axloq tuzatish lageriga 7 yil muddatga hukm qilingan. Qamokdan kdytmagan.
Abdulla Derbisalin Krzogʻiston SSR Oliy sudi Prezidiumi tomonidan vafotidan soʻng 1989-yil 1-dekabrda reabilitatsiya qilingan.
[1] Inostrannaya voyennaya intervensiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane. Dokumentm i materialn. Tom II. - Alma-Ata: “Nauka”, 1964. Sentyabr 1919 g. - dekabr 1920 g. - S. 349,692.