Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

TOSHPOʻLATBEK NORBOʻTABEKOV

Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov - siyosat va jamoat arbobi. Turkistondagi milliy kommunistl arning taniqli namoyandasi.

Toshkent shahrida ulamo oilasida tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgach, avval rus-tuzem maktablarida, sungra Rossiya markazidagi oliy oʻquv yurtida oʻqigan. U Toshkentdagi taraqqiyparvarlar harakatida faol qatnashgan. Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodsa IV qurultoyida u Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan.

Turkiston Muxtoriyati hukumati tugatilgach, T.Norboʻtabekov sovet hokimiyati qdoralarqda turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 1920-yil 1-8-sentyabrda Boku shahrida oʻtkazilgan Sharq xalqlari qurultoyida Turor Risqulov, Munavvar Qori, Choʻppon, Salimxon Tillaxonov, Rajab Muhamedov, Kudratilla Yunusiy, Obidjon Mahmudov, Toʻrakul Jonuzoqov, Zaynidsin Qori Nasridsinov, Xrji Safo Joʻraboyev singari turkistonlik millat fidoyilari qatorida Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov ham faol qatnashgan.

T.Norboʻtabekov qurultoyda sermazmun nutq soʻzlaydi. U sovet hokimiyatining mustamlakachilik siyosatini oʻz nutqida quyidagicha fosh qildi: “Biz ozodlik, tinchlik va birodarlik shiorlari faqat qogʻozda emas, balki hayotda ham amalga oshishini talab qilamiz... Musulmon dunyosining boshqa qismlarida Turkistonda boʻlgan hodisalar qaytarilmasligi uchun men oʻzimizninghokimiyatni ogohlantirib qoʻymoqchiman. Biz uch yil ichida sshib borgan siyosatni, undagi xatsshiklarni bilamiz va shunday deymiz: “Oʻz ichlaringizdagi aksilinqilobchilarni yoʻq qiling, milliy kelishmovchilik urugʻini sochayotgan kelgindi unsurlarni yoʻq qiling, kommunizm niqobi ostida ishlayotgan zamonaviy mustamlakachilarni yoʻq qiling”[1].

T.Norboʻtabekov butun umri davomida sovet rejimi tomonidan taʼqib va tazyiq ostida yashashga majbur boʻldi. U ommaviy qatagʻonlar avj olgan XX asr 30-yillari oʻrtalarida Oʻzbekiston SSR NKVD tomonidan qamoqqa olinib, otib tashlandi.

T.Norboʻtabekov haqidagi tergov maʼlumotlari hozirgacha Oʻzbekistonda tadqiqotchilar ixtiyoriga berilmagan. Shuning uchun uning hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilmiy jamoatchilikka maʼlum emas.

 

[1]  Perviy syezd narodov Vostoka. Baku. 1-8-sentyabrya 1920 g. Stenograficheskiy otchet. - Petrograd: Izd. Kominterna, 1920. - S. 87-89.