Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid elektron platforma

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING TURKISTON MUXTORIYATI HUKUMATIGA MUNOSABATI

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING TURKISTON MUXTORIYATI HUKUMATIGA MUNOSABATI

 Shavkatjon XONQULOV, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Fargʻona politexnika instituti.

Annotatsiya. Milliy davlatchilikning qapop topishini joʻshqin muborakbod etib, matbuotda taniqli maʼrifatparvarlar, diniy, jamoat va siyosat arboblar birin-ketin chiqishlar qilib, muxtoriyatni tabrikladilar. Ular orasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning alohida oʻrni bor. Shoir musulmon millatini muxtoriyat tashkil topgan kun bilan muborakbod qilar ekan, ularni bir sanjoq-bayroq ostida birlashishga targʻib etadi. Uning koʻplab yurt ozodligi, erkiga bagʻishlab yozgan sheʼrlari hanuz oʻz aksini topganicha yoʻq.

Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning Turkiston Muxtoriyatiga munosabati yoritilgan.

Kalit soʻzlar: sheʼr, maqolalar, Shoʻroi Islomiya, Ittihod taʼmin, Uyon vatan, Turkiston Muxtoriyati, jamiyat, drama, sotsializm. Abstract. Enthusiastically congratulating the end of national statehood,

well-known intellectuals, religious, public and political figures, one after

 

another, appeared in the press and congratulated the autonomy. Hamza Hakimzade Niazi occupies a special place among them. Congratulating the Muslim people on Independence Day, the poet calls on them to unite under one banner - the flag, many of his poems dedicated to the freedom and freedom of the country have not yet been reflected.

This article describes Hamza Hakimzada Niyaziʻs attitude to Turkestan Autonomy.

Key words: poetry, articles, Shuray Islamia, Ittihad Tamin, Uyan vatan, Turkestan autonomy, society, drama, socialism.

 

1917 yil fevral inqilobi shabadalari taʼsirida boshlangan Turkiston mustaqilligi masalasi bu davrdagi koʻpgina mahalliy va markazdagi Rossiya musulmonlari matbuotining diqqat- eʼtiborida turdi. 1917 yilning 28 noyabrida Qoʻqonda Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilingandan soʻng matbuotda chop etilgan, ayrimlari eʼtiboringizga havola etilayotgan xabar, sheʼr maqolalar bugungi kunda koʻpgina voqealarni oydinlashtirishga, ziyolilarimizning Fitrat, Hamza munosabatini aniqlashtirishga va tarixiy haqiqatni tiklashga xizmat qiladi.

Oʻz navbatida, Hamza Hakimzoda Niyoziy ham “Shoʻroi Islomiya” jamiyatining dastlabki faoliyatida faol aʼzolaridan biri boʻldi. Uning “Shoʻroi Islom” [1] jamiyati bilan iliq munosabati, qolaversa, Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyatida asosiy oʻrin tutgan Obidjon Mahmudov, Saidnosir Mirjalilovlar [2] bilan yaqin aloqada boʻlganligi shaxsiy arxividagi hujjatlarda ham qayd qilingan.

Jumladan, 1988-yilda nashrdan chiqqan “Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi problemalari” nomli tadqiqotlar toʻplamida Gʻaffor Moʻminovning “Hamza Hakimzoda biografiyasining ilk sahifalari” [3; 70] va “Hamza Hakimzoda ijodini oʻrganishning aktual masalalari” [4; 111] nomli maqolalarida hamda shoirning “Tanlangan asarlar toʻplami”ning toʻrtinchi tomida, shuningdek, oʻz qaydlarida Hamza 1917-yil may oyi oxirlari “Shoʻroi Islomiya” jamiyatining Qoʻqon boʻlimi oziq-ovqat shoʻbasiga ishga kirganligi, “Ittihodi taʼmin” jamiyati tashkil etganligi, Qoʻqon

 

shahrida Qalandarxonada xalq tomonidan oʻtkazilgan mitingdagi ishtiroki, soʻng shoir biror bir natija qila olmasligini tushunib, Turkistonga Saidnosir Mirjalilov [Mirjalilov Saidnosir (1884-1937) – maʼrifatparvar va jamoat arbobi. Paxta tozalash zavodi qurib, usuli jadid maktabini ochgan. “Shoʻroi islom” tashkilotining aʼzosi sifatida Turkiston Muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida faol qatnashgan va bu xukumatning xazinachisi boʻlgan. 1921-yilda “Turkiston” savdo-sanoat shirkatini tashkil etib, undan tushgan daromad hisobiga “Milliy ittihod” tashkilotini qoʻllab-quvvatlagan hamda Germaniyaga oʻqishga yuborilgan talabalarni nafaqa bilan taʼminlagan va ularga moddiy yordam koʻrsatgan. U “Nashri maorif” maʼrifiy tashkiloti va “Koʻmak” jamiyatining asoschilaridan biri (1923-1925). U 1925 yildan boshlab bir necha marta qamoqqa olingan; 1937-yilda otib tashlangan. Qarang: Rajabov Q. Mirjalil Saidnosir // Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat milliy nashriyoti, 2003. – B. 592] ning xonadoniga ketganligi haqida yozilgan [5].

Hamza uning xonadonida yashab turgan vaqtida, yaʼni 1917

yil 9 oktyabr dushanba kuni bu yerda Kabir Bakir, Farid Tohiruf, chinovnik Divayuflar bilan koʻrishganini, ertasi kuni Munavvar qori, Mursalizoda kabi Turkiston Muxtoriyati uchun aynan shu vaqtlarda faol ish olib borgan shaxslar kelganini, ular bilan uchrashgani va yaqin munosabatda boʻlganligini qayd etgan [6].

Hamzaning Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil etilishidagi ishtiroki toʻgʻrisida Ahmad Zakiy Validiy oʻzining “Boʻlinganni boʻri yer” xotiralar kitobida quyidagi maʼlumotni keltirgan: “Men va Behbudiy, toshkentlik yosh muharrir Tolibjon, yosh oʻzbek shoiri Choʻlpon, noʻgʻayqoʻrgʻonlik tatarlardan Tohir, Samarqanddan Hakimzoda bilan bir qancha shaharlarga borib, Turkiston mahalliy shoʻrosiga bir qancha odamlarni jalb qildik. Natijada Muxtoriyat fikrining asl dushmani sanalgan kadet partiyasining Toshkentdagi boshqarmasi oʻz taʼsirini yoʻqota

 

boshladi. Iyun oyi boshidan boshlangan kurash natijasida muxtoriyat gʻoyasining taʼsiri hamma yerda kuchaya bordi” [7; 49].

Zakiy Validiyning Mustafo Choʻqayevga yozgan maktubida: “1917-yilning iyunida Samarqandda Hamza Hakimzodaning, Mahmudxoʻja Behbudiy bilan mening milliy ishchilar kasaba uyushmalarini tashkil qilish yoʻlidagi faoliyatimiz asosini tashkil qilgan tadbir shu boʻldi. Ozarboyjon milliy sotsialist partiyalari, “Musovat partiyasi” 1918–1919-yillarda bunday milliy kasaba uyushmalarini juda yaxshi uyushtirishdi. Biz sotsializmni har bir millatning oʻziga xosliklarini koʻzda tutib, har bir millatda maydonga kelgan uyushmalarning Rusiya doirasida uyushib, birlashgan demokratik federatsiya tariqasida koʻz oldimizga keltirar edik. Diktatura tartibiga qattiq qarshi chiqdik. 1919-yilda Turkistonda sotsializm gʻoyasi keng tarqaldi. Sotsialist boʻlmagan birorta partiya tuzish imkoni berilmadi, toʻxtatib qoʻyildi” [8; 266], degan jumla keltirilgan.

Demak, maʼlumki, Hamza Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon bilan yaqin aloqada boʻlgan, u bilan birga xalq orasida targʻibot- tashviqot ishlarni olib borgan. Validiy ham uni hurmat qilgan va Turkistondagi eng mashhur, faol siyosiy arboblardan biri, deb hisoblagan. H.H.Niyoziyning ham muxtoriyat gʻoyasini toʻla qoʻllab- quvvatlaganligi va siyosiy jarayonlarda ishtirok etganligidan dalolat beradi.

Hamza mustamlaka zulmi va undan xalos boʻlishlikni oʻz sheʼrlari orqali ifodalab “Uyon, Vatan” nomli sheʼri orqali xalqni gʻaflat uyqusidan uygʻotishga, vatanga sidqidildan xizmat qilishga, uni ozod etishga undaydi [9]. Hamza Turkiston Muxtoriyati hukumati tashkil topgan dastlabki vaqtlarda “Salom” deb nomlanuvchi sheʼr yozdi. Bu sheʼr uning qaydlarida quyidagicha bayon etiladi: “Bu kungi ulugʻ turk oʻgʻlining muxtoriyat bayrami bila qutlab sizning kibik madaniyat, islom xonimalari bila tarixiy, diniy, milliy yorti soatgina suhbat etishga rijo etarsiz, Yashasun madaniyat xodim va xodimalari! Yashasun ulugʻ Turkiston Muxtoriyati! Yashasun muxtoriyat xodim va xodimalari!” [10].

 

Afsuski, 1917-yilda yozilgan “Uyon vatan” sheʼri sovet davrida nashr qilingan adabiyotlarda uchramaydi. Qolaversa, 1990-yil chop etilgan ikki jildlik “Hamza Hakimzoda Niyoziy arxivining katalogi”ga ham kiritilmagan.

Baʼzi hamzashunos olimlarning asarlarida shoir ijodi va faoliyati bilan bogʻliq masalalarda koʻplab tarixiy xatolik uchraydi. Masalan, dramaturg Komil Yashinning “Hamza” romanida, Laziz Qayumovning “Hamza”, Mamadjon Rahmonovning “Hamza va oʻzbek sovet teatri” nomli kitoblarida 1917-yil dekabrda yozilgan “Muxtoriyat yoki avtonomiya” satirik komediyasi hali tashkil boʻlmagan “muxtoriyat”ning rasvosini chiqarganligi, bundan gʻazablangan Muxtoriyatning harbiy noziri Ergash qoʻrboshi Hamzani tutib qamashga buyruq bergani va uni qidira boshlaganligi aytilgan. Hamza oʻrtoqlari yordamida Beshariqqa qochib, u yerdan Toshkentga keladi. Bu yerda ham qoʻlga tushish xavfi bor boʻlganidan Turkiston shahriga borib, to 1918-yil boshigacha qochqinlikda yurishga majbur boʻladi [11; 295-296], degan notoʻgʻri, uydirma tafsilotlar keltirilgan.

Gap shundaki, Turkiston Muxtoriyati 1917-yil noyabr oxirida Qoʻqonda eʼlon qilinadi. Hamza bu xabarni taniqli maʼrifatparvar Saidnosir Mirjalilovning uyida, yaʼni Turkistonda eshitadi. Ushbu maʼlumotni uning qizi Zarifa Saidnosirova ham tasdiqlab: “1917-yilning kuz oylari edi. Bizning hovlimizga Toshkentdan Hamza Hakimzoda Niyoziy keldi. Dadam ilgʻor ziyolilar, maʼrifatparvar jadidlar sirasida boʻlgan Munavvar qori, Ubaydullaxoʻja, Abdulhamid Choʻlponlar bilangina emas, balki azbaroyi adabiyotni sevganidan Hamza bilan ham yaqin doʻst edi. U, hatto, Hamza qalamiga mansub bir necha sheʼriy toʻplamlarning noshiri ham boʻlgan”ligini [12; 32] yozadi.

Qolaversa, hamzashunos olimlarning yuqorida keltirgan maʼlumotlari Hamzaning shaxsiy arxivida saqlanayotgan birorta ham qaydlarida uchramaydi. Koʻramizki, hamzashunos olimlar ushbu pyesa bilan yaqindan tanishmay, Turkiston Muxtoriyatining aksilinqilobiy mohiyatini fosh etuvchi, “Shoʻroi islom”ni

 

masxaralovchi asar sifatida baholab kelganlar. Ular hatto “Shoʻroi islom” bila “Ulamo” jamiyatini farqlay olmay, Hamzani jadidlar ustidan emas, balki baʼzi mutaassib ruhoniylar ustidan kulganini hisobga olmaganlar. Bu toʻgʻrida Naim Karimov “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida “Hamza va Muxtoriyat”

[13] nomli maqolasida maxsus toʻxtalib, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlovchi asoslar keltiradi.

Shoirning “Turkiston Muxtoriyatina” sheʼrida ham “Qutlugʻ boʻlsin Turkiston muxtoriyati” degan xitob naqorat tarzida takrorlanib, sheʼrda mustaqillik gʻoyalari “islom millati”, “koʻngillarni dilshod boʻlgani”, “Temurshohlar arvohi turk oʻgʻlini ozodlik kurashiga chorlayotgani” [14] ifodalanadi. Sheʼrning hech bir misrasida oktyabr inqilobi, sovet hokimiyati ulugʻlangan birorta jumla uchramaydi. Aksincha, musulmon millatini ulugʻ bayram bilan muborakbod qilar ekan, ularni bir sanjoq - bayroq ostida birlashishga targʻib etadi.

Shoirning koʻplab yurt ozodligi, erkiga bagʻishlab yozgan sheʼrlari sovet davri adabiyotlarida koʻrsatilmaydi. Baʼzi sheʼrlari kiritilgan boʻlsa ham ayrim jumla va soʻzlar oʻzgartirilib, nashr etilgan. Masalan, “Hamza Hakimzoda Niyoziy arxivining katalogi”da “Turkiston Muxtoriyati” nomli sheʼrning yakuni boʻlgan, Muxtoriyati hukumatining tugatilishi achinish bilan bayon qilingan 45 misralik “Kim yigʻlar” sheʼrining yozilish sanasi 1917-yil 31-noyabrda deb koʻrsatilib, sheʼrning boshi va oxiridagi ikki misra keltirib oʻtilgan xolos [15].

Qiziqarli jihati, “Kim yigʻlar” nomli sheʼr shoir shaxsiy arxividagi hujjatda 1919-yil may oyida yozilgan, deb qayd qilingan [16]. Shuningdek, Hamzaning shaxsiy arxividagi 50-fondda saqlanayotgan va 1918 yil 13 martda yozilgan “Muxtoriyat soʻnginda” [17] nomli sheʼri hamzashunoslarning eʼtiboridan chetda qolib ketgan.

Milliy davlatchilikning qapop topishini joʻshqin muborakbod  etib,  matbuotda  taniqli  maʼrifatparvarlar,

 

diniy, jamoat va siyosat arboblar birin-ketin chiqishlar qilib, muxtoriyatni tabrikladilar. Ular orasida Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhammad oʻgʻli, Abdulhamid Choʻlpon, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Kabir Bakirov, Islom Shoahmedov va boshqalar bor edi[19].

Xullas, bolsheviklar soʻl eserlarning qoʻllab-quvvatlashi bilan bir necha millionli mahalliy aholining amaliy ishtirokisiz ularning manfaatlarini hisobga olmasdan turib, Turkistonning boshqa joylari kabi Fargʻonada ham siyosiy toʻntarishni amalga oshirdilar. Fargʻona vodiysida ham bolsheviklar xalqni ozodlik gʻoyalaridan uzoqlashtirish maqsadida turli yoʻllarni izlab topdilar. Dastavval, koʻplab milliy matbuot nashrlari faoliyati tugatildi va sovet matbuotiga eʼtibor qaratildi. Lekin milliy siyosiy tashkilotlar kurashni toʻxtatmadilar.

Mahalliy ilgʻor ziyolilar zudlik bilan milliy jamiyat va nashrlar uchun qilgan harakatlari natijasida 1917-yil mart oyining boshlariga kelib oʻlka musulmonlarining “Shoʻroi Islomiya” jamiyati tuzildi va barcha musulmon tashkilotlarini siyosiy jihatdan birlashtirishga harakat qildi. Natijada 1917-yil noyabrning oxirgi kunlari Qoʻqonda “Shoʻroi Islomiya” va boshqa mahalliy tashkilotlarning tashabbusi bilan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi boʻlib oʻtdi va Turkiston Muxtoriyati xukumati tuzilganligi eʼlon qilindi. Ammo qisqa fursatda Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor etib, oʻlkada yakka hukmron boʻlib olgan bolsheviklar qurolli toʻntarilishda gʻolib chiqqan boʻlsalarda, bu ularning obroʻini koʻtarmadi. Oʻzlarining tirikchiligi bilan andarmon xalq yana ancha vaqtgacha ularga nisbatan loqayd va befarq qolaverdi.

МАНБА ВА АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

  1. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 706- фонд, (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат, 1-варақ; 707-фонд, 2-ҳужжат, 1-варақ; 711-фонд, 1-ҳужжат, 1-варақ:, 714-фонд, 2-ҳужжат, 2-варақ.

 

  1. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 439-фонд (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат, 1-варақ; 441-фонд, 3-ҳужжат, 1-варақ; 511-фонд, 4-ҳужжат, 4-варақ; 514-фонд, 1-ҳужжат, 1-варақ; 539-фонд, 1-ҳужжат, 2-варақ; 718-фонд, 1-ҳужжат, 6-варақ; 724-фонд, 1-ҳужжат, 2-варақ; 1266-фонд, 2-ҳужжат, 3- варақ; 1267-фонд, 1-ҳужжат, 2-варақ.
  2. Ҳамза Ҳакимзода ижоди проблемалари / Масъул муҳаррир:

Б.Назаров. – Тошкент: Фан, 1988.

  1. Ҳамза Ҳакимзода ижоди проблемалари.
  2. Ҳамза. Тўла асарлар тўплами. Беш томлик. Том 4. – Б. 295; ЎзРФА Давлат адабиёт музейи архиви, 477-фонд (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат, 1-варақ; 508-фонд, 3-ҳужжат, 1-варақ.
  3. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 512-фонд (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат, 1-варақ.
  4. Аҳмад Закий Валидий. Бўлинганни бўри ер.
  5. Заки Валиди Тоган. Воспоминания. Книга – Уфа: Китап, 1998. – С. 266.
  6. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий. Уён, Ватан // Улуғ Туркистон. 1917 йил 21 октябрь, № 33.
  7. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 36-фонд (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат. 1-варақ.
  8. Комил Я. Ҳамза. – Тошкент: ЎзССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1982. Қаюмов Л. Ҳамза. - Тошкент: Ёш гвардиячи, 1973.
  9. Саидносирова З. Ойбегим менинг. – Тошкент: Шарқ,
  10. Каримов Н. Ҳамза ва Мухторият // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 1995 йил 11 август, № 33.
  11. Ҳамза Ҳакимзода. Туркистон Мухториятина // Улуғ Туркистон. 1918 йил 11 январ, № 50.
  12. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий архивнинг каталоги. – Тошкент: Фан, Икки томлик. Том 1. – Б. 52.
  13. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 47-фонд, (Ҳамза архиви). 1-ҳужжат, 5-варақ.
  14. ЎзР ФА Давлат адабиёт музейи архиви, 50-фонд, (Ҳамза архиви), 1-ҳужжат, 1-варақ.
  15. Аъзамхўжаев С. Туркистон Мухторияти. – Тошкент: Маънавият, – Б. 132.