Saidakbar AGZAMXODJAYEV, tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori.
Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston tarixi, oʻzbek xalqining milliy davlatchilik anʼanalarini jahon miqyosida keng targʻib etish maqsadida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ilk bora milliy-demokratik davlatchilik qurilishi tajribasi boʻlgan Turkiston Muxtoriyati nomli avtonom respublikaning tarixini batafsil yoritib beruvchi alohida www.muxtoriyat.uz elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish xaqida maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: Rossiyadagi Fevral va Oktyabr inqilobi, 1917– 1918 yillarda Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar, bolsheviklar, milliy-ozodlik harakati, jadidchilik, maʼrifatparvarlik, islohotchilik harakati, avtonom respublika, Turkiston Muxtoriyati, innovatsiya, elektron platforma, multimedia mobil ilova.
Abstarct. In this article, a separate www.mukhtoriyat.uz electronic platform that details the history of Uzbekistan, the history of the autonomous republic of Turkestan Mukhtoriyat, which was the first experience of building a national-democratic statehood on the basis of modern information and communication technologies, in order to widely promote the traditions of national statehood of the Uzbek people on a global scale, and information about the creation of its mobile application is provided.
Key words: February and October revolution in Russia, socio-political events in Turkestan in 1917–1918, Bolsheviks, national liberation movement, modernism, enlightenment, reform movement, autonomous republic, Turkestan autonomy, innovation, electronic platform, multimedia mobile application.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, respublika hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Oʻzbek xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilashi milliy tiklanish bilan bogʻliq jarayonlarni chuqur idrok etishda milliy davlat qurilishi tajribasini ilmiy oʻrganilishi, Oʻzbekistonni yangilanish va taraqqiyot yoʻlidagi tajribalarni umumlashtirishni taqozo etadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshida Turkistonda millat va oʻlka taraqqiyoti yoʻlida kurash olib borgan maʼrifatparvar jadidlarning hayoti, faoliyati va ilmiy, adabiy merosini chuqur oʻrganish hamda keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston tarixi, oʻzbek xalqining milliy davlatchilik anʼanalarini jahon miqyosida keng targʻib etish maqsadida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ilk bora milliy-demokratik davlatchilik qurilishi tajribasi boʻlgan Turkiston Muxtoriyati nomli avtonom respublikaning tarixini batafsil yoritib beruvchi alohida elektron platforma va uning mobil ilovasi yaratish bugungi kunning mahim vazifalardan biriga aylandi.
Mazkur loyiha asnosida ozodlik va mustaqillik gʻoyalarini oʻzida mujassamlashtirgan va oʻzbek xalqi tarixida oʻchmas iz qoldirgan muhim tarixiy voqealardan biri – 1917–1918-yillarda Turkiston Muxtoriyati nomli milliy-demokratik avtonom respublikaning tashkil etilishi, qisqa fursatli faoliyati va tugatilishi bilan bogʻliq tarixni chuqur oʻrganish va ommaga yetkazishga xizmat qiluvchi elektron dastur yaratiladi.
Loyihani amalga oshirish natijasida quyidagi ilmiy- tarixiy masalalar oʻz yechimini topadi:
- Turkistonda islohotchilik gʻoyalarini shakllantirishga shart-sharoit yaratgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar;
- jadidchilik va Turkiston Muxtoriyatining oʻzaro yaqin aloqasi;
- milliy demokratlar faoliyatining dasturiy, tashkiliy asoslari va ularning konseptual qarashlari.
Shu bilan birga Oʻzbekistonda birinchi milliy-demokratik davlat tuzilmasi – Turkiston Muxtoriyati barpo etilishi tajribasi umumlashtiriladi va uning zoʻravonlik bilan bosti- rilishining haqqoniy manzarasi yoritiladi.
Ushbu amaliy loyihani bajarish jarayonida Oʻzbekistonning XX asr boshidagi tarixiy foto, video, arxiv hujjatlari nusxalari va yozuvli matnlar onlayn koʻrinishda oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.
Oʻzbek davlatchiligi tarixida muhim oʻrin tutgan Turkiston Muxtoriyatiga oid maʼlumotlarning jamlangan holda global internet tizimi orqali keng ommaga taqdim qilinishi Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyati oldida obroʻsini oshirishga, Vatanimiz tarixiga qiziqish va hurmatning ortishiga ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasida elektron platforma veb- texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Elektron platforma 2 qismdan iborat boʻladi: veb-sayt va maʼlumotlar bazasi.
Veb-sayt qismi oʻz navbatida 3 ta tarkibiy modullarga boʻlinadi:
- foydalanuvchilar (sayt xizmatidan foydalanuvchi mijozlar) ga moʻljallangan veb-sahifalarni oʻz ichiga olgan modul;
- platformani kontent (materiallar) bilan toʻldirish uchun xizmat qiladigan veb-sahifalarni oʻz ichiga olgan modul;
- yangiliklar qoʻshish, platforma foydalanuvchilarini boshqarish uchun moʻljallangan maʼmurlash moduli.
Elektron platformada 3 xil (mijoz, moderator, administrator) turdagi foydalanuvchilar boʻlib, ular interaktiv tarzda yuqorida koʻrsatilgan modullar asosida ishlaydi. Elektron platforma bazasi har bir maʼlumotning bir nechta tildagi variantini saqlash imkonini beradi. Elektron platformada istalgan vaqtda yangi maʼlumotlarni qoʻshish, toʻldirib borish orqali tizimni takomillashtirib borish mumkin boʻladi. Maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish uchun optimal loyihalashtirish usullari qoʻllaniladi.
Kutilayotgan natijalar va ularning ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egaligi, rejalashtirilgan natijalarning jahon miqyosidagi tadqiqot natijalariga muvofiqligi, loyihada rejalashtirilgan natijalarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amaliyotga tatbiq etilishi quydagilardan iborat.
Ilmiy ahamiyati: Loyiha natijasida Oʻzbek milliy davlatchiligi tarixida muhim oʻrin egallagan, Oʻzbekistonda ilk demokratik davlat tuzilmasi boʻlgan Turkiston Muxtoriyati tarixi, faoliyati haqida atroflicha maʼlumot beruvchi uch til (oʻzbek, rus, ingliz)dan iborat alohida www.muxtoriyat.uz elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi va ishga tushiriladi.
Umuman olganda, ushbu loyihada quyidagi ilmiy muammolarni hal etish rejalashtirilgan:
- Yakuniy natija sifatida ishlab chiqilgan elektron platforma “Muxtoriyat tarixi”, “Hukumat aʼzolari”, “Tarixiy hujjatlar”, “Elektron kutubxona”, “Medioteka” kabi boʻlimlardan iborat boʻlib, matnli, foto va video materiallarni qamrab
- Tadqiqot natijasida yaratilgan elektron platforma alohida domen orqali internet tarmogʻiga joylashtiriladi va nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyo jamoatchiligiga foydalanish uchun taqdim Oʻzbekiston tarixi, xususan, milliy-demokratik davlatchilik tarixida oʻziga xos oʻrin egallagan Turkiston Muxtoriyatiga oid maʼlumotlarni keng ommaga targʻib qilishga xizmat qiladi.
- Loyiha natijalari boʻyicha OAK roʻyxatidagi va Web of Science hamda Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etiladi.
Texnologik ahamiyati: Hozirgi kunda olingan natija koʻrsatkichlarning avtomatlashtirilgan monitoringini amalga oshirish uchun hozirgi zamon talablariga javob beradigan modellashtirilgan va sinovdan oʻtgan metodlardan foydalaniladi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalari va ularning oʻzaro mutanosibligi natijasi bilan asoslanadi.
Shuningdek, loyiha doirasida qoʻllanilgan sxemalar va algoritmlarning mantiqiy sxemalarini minimallashtirish xossasi, yagona tizim asosida texnik maʼlumotlar bazasi ifodalanadi, modellashtiriladi, sintez qilinadi va shakl- lantirish bilan izohlanadi
Natijalarining amaliy axamiyati shundaki, Oʻzbekiston xalqaro islom universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, respublikadagi boshqa muzeylar va oliy oʻquv yurtlari muassasalarida sinovdan oʻtkaziladi. Tadqiqot natijalariga intellektual mulk obyektlari uchun tegishli hujjatlar olinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati: Keyingi yillarda dunyoning turli burchaklarida yashovchi xalqlarning tarixi, jahon mamlakatlarida sodir boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlar bilan tanishtiruvchi ilmiy dasturlar, videokonferensiyalar, videomuloqotlar, videodarslarni maxsus telekanallar yoki internet saytlariga joylashtirish ommalashmoqda. Shu sababli, ilgari faqat kitoblar orqali olingan maʼlumotlarni hozirgi kunga kelib televideniye yoki internet orqali olish mumkin.
Bugungi axborotlashuv davrida barcha sohalar qatori ilm-fan sohasida ham ilmiy materiallarni internet tarmogʻi orqali keng targʻib va tashviq qilish urfga kirib bormoqda. Loyiha doirasida yaratiladigan elektron platforma ham barcha ijtimoiy qatlamdagi foydalanuvchilar uchun Oʻzbekiston tarixi, xususan Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid batafsil va haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Turkiston Muxtoriyati tarixini yorituvchi www.muxtoriyat. uz elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish jarayonida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi zamonaviy kompyuter vositalari, jumladan, printer, skaner, videoproyektor, yuqori tezlikdagi internet aloqasi bilan taʼminlanadi. “Oʻzbekiston tarixi” telekanali, OʻzXIA huzuridagi “Ziyo” studiyasi mahsulotlari va imkoniyatlaridan foydalanish mumkin boʻladi. Shuningdek, OʻzXIA “Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi informatsion dasturlaridan maqsadli foydalaniladi.
Yaratiladigan elektron platforma uchun kontent OʻzXIA xodimlari tomonidan ishlab chiqilib, muttasil yangilanib, muntazam ravishda boyitib boriladi. Respublika miqyosida tarixshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan Oʻzbekistonning XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi tarixi, xususan, Turkiston Muxtoriyati tarixiga oid nashr etilgan monografiyalar, risolalar, maqolalarning elektron nusxalari kiritib boriladi. Shuningdek, respublikadagi arxivlar, muzeylar va kutubxonalardagi hujjatlarni tadqiq etish asosida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, mazkur elektron platforma yosh tarixchilarga ilmiy yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishlari uchun oʻziga xos zamonaviy vosita vazifasini oʻtaydi.